13:14
Anoreksiya
Аnoreksiya [yun. an – inkor qoʼshimchasi va orexis – ishtaha] – ishtahaning yoʼqolishi, ishtahadan qolish. Bosh miyadagi ovqat markazining tormozlanishidan kelib chiqadi. Turli hayajonlarda bosh miyaning haddan tashqari qoʼzgʼalishi, ruhiy hamda endokrin xastaliklar (masalan, Simmonds kasalligi), yuqumli kasalliklar, intoksikatsiyachar, moddalar almashinuvining buzilishi, hazm aʼzolarining kasalliklari (oʼtkir gastrit, surunkali gastritning zoʼrayishi, meʼda raki, sanchiklar va boshqa(lar)), ovqatni muntazam bir vaqtda yemaslik, uning koʼngilga urishi, shuningdek, ovqat vaqtidagi noxush vaziyat bosh miyadagi ovqat markazining tomozlanishiga sabab boʼladi. Аnoreksiya biror kasallik belgisi (simptomatik anoreksiya) yoki asosiy kasallik (anorexia nervosa) boʼlishi mumkin. Аnoreksiya uzoq davom etganda organizmni quvvatdan ketkazib, turli kasalliklarga moyil qilib qoʼyadi.
Категория: Tibbiyot | Просмотров: 96 | Добавил: polvonnazir96 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Yosh bo‘yicha cheklov Yosh bo‘yicha cheklov