13:34
Qora tuynuk
Qora oʻra yoki qora tuynuk — gravitatsiya (tortishish) kuchi taʼsirida jismning oʻz markazi tomon juda katta tezlikda siqilib borishi (gravitatsion kollaps jarayoni) natijasida vujudga keladigan koinotdagi obʼyekt. Kuchli tashqi gravitatsion maydonga ega. A. Eynshteyn nazariyasi boʻyicha "Qora tuynuk"ning yaqin atrofidagi jismlar doimo yopiq boʻlmagan egri chiziqli orbita boʻylab, I.Nyuton mexanikasiga muvofiq, uzokdagi jismlar esa konus kesimlarining biri boʻylab harakat qiladi. Qora tuynuk, asosan, katta massali yulduzlar evolyutsiyasining eng oxirgi bosqichida vujudga keladi va uning mavjudligi bevosita kuzatilmaydi. Biroq Qora tuynuklar zich qoʻshaloq yulduzlarning koʻrinmas komponentlari ham boʻlishi mumkin. U holda ikkinchi yulduzdan Qora tuynukga relyativistik (yorugʻlik tezligiga yaqin) tezlikda tinimsiz oʻtayotgan gaz oqimi oʻzidan rentgen nurlarini tarqatadi. Qoʻshaloq yulduz hisoblangan Oq Qush X—I obʼyekti shunday "Qora tuynuk"lardan biridir.
Qora tuynukning xayoliy sirti hodisalar gorizonti deyiladi. Hodisalar gorizonti radiusini qora tuynuk radiusi sifatida qabul qilishadi. Eng oddiy xususiy holda u tortishish radiusiga teng:

Qora tuynuklar 1916-yilda Karl Schwarzschild tomonidan Enshteyin tenglamalarining yechimi sifatida bashorat qilinadi.
Категория: Koinot | Просмотров: 134 | Добавил: polvonnazir96 | Теги: Koinot, Qora tuynuk | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Yosh bo‘yicha cheklov Yosh bo‘yicha cheklov