19:48
Testosteron gormoni haqida
Testosteron vazifalari

Erkaklarning asosiy jinsiy gormoni sifatida Testosteron erkaklardagi ikkinchi darajali erkaklik jinsiy gormoni belgilari (ovoz dag’allashishi, tana va yuzda tuklar o’sishi, teri yog’ bezlari sekretsiyasi oshishi) rivojlanishi va qo’llab-quvvatlanishi uchun, shu bilan birga, spermatogenez (spermatozoidlar ko’payishi) va libido o’sishi (seksual funksiya) kabi erkaklarning jinsiy gormoni rivojlanishi va o’sishiga javob beradi.
 
Mushaklarni o’stirishga qobiliyati ham androgen samarasi bo’lib, uni anabolik kuch nomi bilan alohida tasniflanadi. “Anabolik” so’zi organizmdagi to’qimalar o’sishi stimulyatsiya jarayonini ta’riflaydi, ushbu aniq vaziyatda esa – mushak to’qimalaridir. Bu Testosteronni oqsil sintezi tezligi = bu organizm mushak to’qimalarida qisqaruvchi oqsilning yangi zanjirini sintezlashtirish va barpo etishi oshganligiga belgi berishga qobiliyati tufayli ro’y beradi. Aynan shuning uchun erkaklar ayollarga nisbatan ko’p mushaklarga ega va og’ir mushak massasiga egadirlar.
 
Ayollar organizmi Testosteronni kichik hajmda ishlab chiqaradi. Agar erkaklar tanasi Testosteronni kuniga taxminan 2,5-11 mg endogen ishlab chiqarsa, ayollarda bu ko’rsatkich taxminan kuniga 0,25 mg darajasi atrofida bo’ladi. Bu degani erkaklarnikidan taxminan 90% ga (yoki 1/10) kam. Ayollar asosiy gormoni bu estrogen bo’lib, steroid noanabolik guruhiga tegishlidir.
 
Estrogen va Testosteron organizmda o’zlarini turlicha namoyish etishadi, aynan ana shu yerdan jinslar orasidagi katta farq seziladi. Masalan, tabiyatdan ayollarga mayin tembr va yumaloq shakl xos bo’lib, bu estrogen ta’sirining odatiy belgilari hisoblanadi, tananing turli qismlarida yog’ning ushlanishi/yig’ishga qobiliyatidir. Bu ayollarning biologik roli nuqtai nazaridan muhim, masalan, homiladorlik va homilani rivojlanishi uchun. Bu farqqa qo’shimcha tarzda, ayollarga nisbatan past bo’ylilik, mushak massasining kamligi (o’rtacha erkak vazni bilan solishtirilganida), ular suyaklarning vaqt o’tishi bilan yemirlishiga moyilligi kuchliroqdir. Bularning hammasi gormonal dinamikadagi jinsiy farqlarning to’g’ridan-to’g’ri natijasidir.
 
Категория: Tibbiyot | Просмотров: 110 | Добавил: polvonnazir96 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Yosh bo‘yicha cheklov Yosh bo‘yicha cheklov