14:14
Sayohat qilish uchun eng xavfli uchta orol
1.Keymanda-Grand
Bu orol odatda ilon oroli deb ataladi. Orol Braziliyadan janubda, 35 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Keymanda Grand orolida odamlar yashamaydi, bu ular uchun xavfsiz emas,nafaqat odamlar, balki barcha tirik mavjudotlarga ham bu yerda yashash oson emas. Orol shunchaki ilonlar bilan to'lgan. Bu yerda eng zaharli ilonlarni topish mumkin.

Sayyohlar uchun Keymanda Grand oroli butunlay yopiq. Hatto orolning suv zonasida baliq ovlash qat'iyan man etiladi.
2.Endi Shimoliy Sentinelga qarab yoʻl olamiz (Orol Bengal ko'rfazida, Hindiston yonida joylashgan).
Ushbu orol sayyohlarni umuman kutmaydi, ularga bu yerlarga tashrif buyurish taqiqlanadi.

Orolda yashovchi qabilalar begonalarni umuman yoqtirmaydi. Aborigenlar barcha texnologiyalarni inkor etadilar va odamlar bilan aloqa qilmaydilar. Sentinellar bu yerlarga yaqinlashmoqchi bo'lganlarning barchasiga o'q yomgʻirlari bilan hujum qilishadi, vertolyotlar  ham o'qqa tutilgan holatlar ham kuzatilgan.
Qayiqda orolga suzib borish ham yaxshi gʻoya emas, mahalliy qabilalar kamondan mohirlik bilan foydalanishadi va jiddiy xavf tug'dirishi mumkin.
Jon Chau Shimoliy Sentinel yeriga kirishga harakat qiladi, u aborigenlar bilan aloqa o'rnatishga harakat qilgan va shu bilan "o'lim jazosiga imzo chekdi", o'q uning jasadini teshib oʻtadi.
Hindistondan kelgan harbiylar orolga yaqin havzalarni qo'riqlaydilar,  to'satdan sentinellar o'z yerlarini kengaytirishga qaror qilib qolmasliklari uchun.
3.Ramri oroli Osiyoda, Vanyama yaqinida joylashgan.
Ushbu orolning global muammosi timsohlardir va bu orolni tarix sahnasiga kiritdi.
Ikkinchi Jahon urushi paytida bu yerda yaponlar va inglizlar o'rtasida janglar bo'lib o'tdi.
Yaponlar jang maydonida yutqazishdi va chekinishga qaror qilishdi. Yo'lda ularni botqoqlar kutib oldi, keyin ular yo'lni qayerga olib borishini hayoliga ham keltirishmadi.
Mahalliy flora va fauna aholisi chaqirilmagan mehmonlarga qarshi edi. Shunday qilib, askarlarning timsohlarga qarshi jangi boshlandi. Ming harbiy kishidan atigi yigirma askar uyga qaytdi, izoh oʻzingizdan...

Ushbu voqea Ramri orolining taqdirini abadiy o'zgartirdi. Bu yer bugungi kungacha hamma joyi sudralib yuruvchilar bilan to'lib toshgan.
Bizning ulkan sayyoramizdagi ko'plab orollar yovvoyi va sayyohlar uchun xavf tug'diradi.
Muallif: Aleksey Pishvanov
Категория: Tabiat | Просмотров: 137 | Добавил: polvonnazir96 | Теги: ABORIGEN, Sentinel, Orol | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Yosh bo‘yicha cheklov Yosh bo‘yicha cheklov