Jaloliddin Rumiy

Jaloliddin Rumiy
Qisqa tarjimai hollar
29.10.2022, 21:37
121
0

Jaloliddin Rumiy — jahon adabiyotining muazzam siymolaridan biri. U o’zidan keyingi Sharq va G’arb so’z san’atiga katta ta’sir o’tkazdi. Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi buyuk so’z ustalari Mavlononi o’zlariga ustoz deb bilishgan. Buyuk Hyote Abulqosim Firdavsiy, Shayx Sa’diy, Xo’ja Hofizlar qatorida Jaloliddin Rumiy ijodini ham «Xizr chashmasi» deb atagan. Mashhurlikda Firdavsiyning «Shohnoma»si, Sa’diyning «Guliston»i, Hofizning «Devon»i bilan bir qatorda turgan «Masnaviyi ma’naviy»ni inson ma’naviy hayotining qomusi sifatida nafaqat Sharqda, balki G’arbda ham ixlos bilan o’rganishgan.
 
Mavlono 1207 yilda qadimiy Balx shahrida o’z davrining mashhur mutasavvuf donishmandi,yirik xatib va voizi bo’lgan Bahovuddin Valad oilasida dunyoga keladi. Bahovuddin Valad aslida Shayx Najmiddin Kubro (1135 — 1221) ning Majdiddin Bag’dodiy, Sa’duddin Hamaviy, Raziuddin Aliyi Lolo, Sayfuddin Boxarziy, Bobo Kamol Jandiy kabi 300 ga yaqin zabardast shogirdlaridan biri hisoblanardi. Jaloliddin 12 yoshida uning ota-onasi ham mo’g’ul bosqini xataridan qochish, ham haj farizasini ado etish niyatida Balxni tark etadilar.
1230 yildan bu oila Kuniyada qo’nim topadi. Yosh Jaloliddin Shom, Halab, Damashq, Qaysariya va boshqa yirik ilm markazlarida 7 yil ta’lim oladi, o’z davrining etuk donishmandi bo’lib etishadi. Taniqli rumiyshunos Zarrinkub ta’biri bilan aytganda, «Mavlononing 68 yillik ajoyib umri boshdan oyoq bir she’r, go’zal, betakror, tug’yonli ash’or jarayoni, sadosi va bongi bilan yo’g’rilib o’tdi».
 
Mavlono Rumiy o’zidan keyingi avlodlarga 5 muhim va qimmatbaho asar qoldirdi: 1. «Devoni kabir», «Devoni shamsi tabriziy», «Devoni shamsul haqoyiq» degan nomlar bilan mashhur devon. 2. «Masnaviyi ma’naviy» — 25700 baytdan iborat bebaho tasavvufiy-ishqiy
asar. 3. «Fiyhi ma fiyhi» («Ichingdagi ichingdadir») — Mavlononing suhbatlaridan iborat falsafiy kitob. 4. «Mavoizi majolisi sab’a» — bu asar Rumiyning etti o’git va pand-nasihatlaridan iborat. 5. «Maktubot» — Mavlononing turli davrlarda zamondoshlariga yozgan maktublaridan tashkil topgan to’plam.
 
Hazrat Alisher Navoiy «Ustozlar ustozi» deb sharaflagan, Abdurahmon Jomiy esa «U payg’ambar emas, ammo payg’ambarlik kitobi bor» deb ulug’lagan Mavlono Jaloliddin Balxiy-Rumiy 1273 yilning izg’irinli qish kunlarining birida vafot etgan.
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Izohlar (0)
Eng koʻp oʻqilgan
Motivatsiya nima? Motivatsiya nima?

Motivatsiya - bu maqsadga yo'naltirilgan xatti-harakatlarni boshlaydigan, boshqaradigan va sa...

09.10.2022, 16:12
482
0
Anoreksiya Anoreksiya

Аsab tizimi faoliyatining buzilishi oqibatida yuzaga keluvchi anoreksiya — ogʼir psixologik va fiziologik xa...

10.10.2022, 21:12
158
0
Yosh bo‘yicha cheklov Yosh bo‘yicha cheklov