Farzand tarbiyasi

Farzand tarbiyasi
Hayotiy hikoyalar
27.11.2022, 11:01
220
0
Ota o'limidan oldin farzandini chaqirib, qo'liga bir soat tutqazdi.  
 - Bu soat 200 yil oldin yasalgan. Bizga bobongning bobolaridan meros qolgan. Sen buni mahalla boshidagi soatsozga olib borib, sotmoqchi ekaningni ayt va uning javobini menga keltir, - dedi. O'g'il borib, soatsozdan:
 - Buning eski ekan, besh dollar beraman, degan javobni olib keldi.  
 - Endi buni antikvar-noyob narsalar sotiladigan do'konga olib borgin, - dedi ota.  
U yerga borgan o'g'il do'kondorning «besh ming dollar beraman» degan javobi bilan qaytdi. Ota yana o'g'lini yubora turib:
- Endi buni davlat muzeyiga olib borib, sotmoqchi ekaningni ayt, - dedi. Muzeyga borib, otasi yoniga juda hayratlangan holda qaytgan o'g'il:
 - Muzeydagilar bir mutaxassisni chaqirtirib, uni yaxshilab tekshirganlaridan so'ng shu bir parchagina temirni bir million dollar deb baholashdi-ya, - dedi.  
Shunda ota: 
 - Bolam, senga o'rgatmoqchi bo'lganim, sening joying qadringni to'g'ri bilishadigan joyda. O'zingni noto'g'ri erga qo'yib, qadringga yetmasalar, xafa bo'lib yurma. Qadringni bilgan qadringga ham etadi. O'zingga noloyiq bo'lgan yerda hargiz qolma!» deya nasihat qilgan bo'ldi.
 
P.S.: Doimo sizni qadrlaydiganlar davrasida bo'ling. Aks holda, o'z qadringizni topmaysiz!
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Izohlar (0)
Eng koʻp oʻqilgan
Motivatsiya nima? Motivatsiya nima?

Motivatsiya - bu maqsadga yo'naltirilgan xatti-harakatlarni boshlaydigan, boshqaradigan va sa...

09.10.2022, 16:12
481
0
Anoreksiya Anoreksiya

Аsab tizimi faoliyatining buzilishi oqibatida yuzaga keluvchi anoreksiya — ogʼir psixologik va fiziologik xa...

10.10.2022, 21:12
157
0
Yosh bo‘yicha cheklov Yosh bo‘yicha cheklov