02:18
"3x4" texnologiyasi
3x4texnologiyasi
Texnologiyaning tavsifi.Ushbu mashg’ulot talaba ( yoki o’quvchi) larni aniq bir muammoni yakka holda (yoki kichik jamoa bo’lib fikrlab hal etish,yechimini topish, ko’p fikrlardan keragini tanlash, tanlab olingan fikrlarni umumlashtirish va ular asosida qo’yilgan muammo(yoki mavzu) yuzasidan aniq bir tushuncha hosil qilishga, shuningdek,fikrlarni ma’qullay olishga o’rgatadi.Bu texnologiya talaba (yoki o’quvchi)lar bilan avval yakka holda,so’ngra ularni kichik guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o’tkaziladi.
Texnologiyaning maqsadi:talaba (yoki o’quvchi)larning erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga,jamoat bo’lib ishlashga,intilishga;fikrlashni jamlab,ularni nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga; jamoaga o’z fikrini o’tkazishga, uni ma’qullashga;qo’yilgan muammoni yechishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda o’tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qo’llay olishni o’rganish.
Texnologiyaning qo’llanishi: seminar, amaliy va labaratoriya mashg’ulotlarida yakka tartibda (yoki kichik guruhlarga ajratilgan holda) o’tkazish hamda guruh a’zolarini bir necha marotaba joylarini o’zgartirib berilgan vazifalarni bajarishga mo’ljallangan.
 
Категория: Ta'lim tizimi | Просмотров: 134 | Добавил: polvonnazir96 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Yosh bo‘yicha cheklov Yosh bo‘yicha cheklov