21:02
“Birgalikda o'qiymiz” – birgalikda o'qish texnikasi
«BIRGALIKDA O`QIYMIZ» BIRGALIKDA O`QISH TEXNIKASI
Birgalikda o`qish: o`quv guruhi kichik guruhlarga bo`linadi. Har bir kichik guruh o`rganilayotgan mavzuning ma’lum bir sohasida ekspert bo`ladi va boshqalarni o`rgatadi.
Har bir guruhning maqsadi barcha boshqa guruhlar ishtirokchilari mavzu savollarini to`la hajmda egallab olishidan iborat.
Foto: wikihow.com
«Birgalikda o`qiymiz» texnikasidan foydalangan
holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi
1. Bilim darajasiga qarab 3-5 kishidan iborat bo`lgan har xil turdagi guruhlar tuziladi.
*
2. Har bir guruhga bitta topshiriq beriladi –umumiy mavzuning bir qismi, uning ustida butun o`quv guruhi ish olib boradi hamda tayanchlar – ekspert varaqlari – taqdim etiladi.
*
3. Har bir guruh ichida umumiy topshiriq taqsimlanadi.
*
4. Hamma yakka tartibdagi topshiriqni bajaradi.
*
5. Barcha guruh a’zolarining mini-ma’ruzalarini tinglaydi. Umumiy natija (butun ekspert varag`i bo`yicha savollar javobi)ni shakllantiradi va uni taqdimotga tayyorlashadi.
*
6. Spiker yoki guruh barcha a’zolari birgalikda bajargan ish natijalarini taqdimot etishadi.
•Guruhning yakuniy bahosi ma’ruza uchun umumiy ballni va mustaqil ish uchun individual ballarni o`z ichiga oladi.
Ekspert varag`i
•Matnni o`qishda asoslanish zarur bo`ladigan savollardan iborat varaq. Savollar o`quv materiali ustidan olib boriladigan mustaqil faoliyatni yo`naltiradi.
•Odatda ekspert varag`i 3 ta savoldan iborat.
Birinchi ikkita savol javoblari butun o`quv matni bo`yicha oz-ozdan yig`iladi.
Uchinchi savol javoblarini tayyorlash birinchi va ikkinchi savol javoblari uchun yig`ilgan material asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ishlanma, extimol, guruhdan o`z fikrini aniqlashni yoki masala mohiyati yuzasidan qator isbotlarni tuzib chiqishni talab qiladi.

 
Категория: Ta'lim tizimi | Просмотров: 132 | Добавил: polvonnazir96 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Yosh bo‘yicha cheklov Yosh bo‘yicha cheklov