15:24
Uchta to`g`ri va bitta noto`g`ri
Uchta to`g`ri va bitta noto`g`ri

Ta’rifi
         Har bir ishtirokchi bir varaq qog`ozda o`rganilayotgan yoki o`rganilgan mavzu bo`yicha uchta to`g`ri fikr va bitta noto`g`ri fikrni yozadi.  Ishtirokchilar juftliklarga to`planadilar, varaqlar bilan almashadilar va qaysi fikr noto`g`ri bo`lgan ekanligini aniqlaydilar.
Foydalanish doiralari
         Uy ishini tekshirish vaqtida, tabiiy va aniq fanlarda mavzuni mustahkamlashda foydalanish mumkin.
Afzalliklari
         Kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, axborotni tanlab olish ko`nikmasini ishlab chiqadi, bolalarni xato topish va fikrlarni ifodalashga o`rgatadi, o`qituvchiga o`quvchilarning bilimlarini tekshirishga imkon beradi.
Qiyinchiliklari
         Materialni o`zlashtirib ololmagan bolalar topshiriqni uddalay olmasliklari xavfi bor. O`qituvchiga fikrlar aniqligi va to`g`riligini kuzatish, mashqni o`tkazish uchun vaqtni mo`ljallab olish qiyin, chunki o`quvchilarda ko`pincha fikrlarni aniq ifodalash ko`nikmasi mavjud bo`lmaydi.  



 
Категория: Ta'lim tizimi | Просмотров: 98 | Добавил: polvonnazir96 | Теги: talim, Metod | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Yosh bo‘yicha cheklov Yosh bo‘yicha cheklov