15:10
Yangilik kashf etish orqali o`rganish (evristik) usuli
Yangilik kashf etish orqali o`rganish (evristik) usuli
      Bu yondoshuv o`quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini tadbiq etish bilan bir qatorda ularning o`z-o`zlarini rag`batlantirish orqali bilim va ko`nikmalar to`plashlariga sharoit yaratadi.
Metodning asosiy tamoyillari quyidagicha:
  1. O`rganishdan maqsadni avvaldan aniqlab olish talab qilinadi.
  2. O`rganish jarayoni ma’lum bir topshiriqqa yo`naltirilgan bo`lishi kerak.
  3. Topshiriq quyidagilarni ta’minlaydi:
  • Tayanch ma’lumot olish uchun asos
  • O`quvchi uchun notanish bo`lgan ma’lumotga chuqur kirib borishiga undaydigan so`rovga e’tibor berish
  • Oldindan aniqlangan va o`rganishga asoslangan natijalar.
  1. Muvaffaqiyat – faoliyat-yutuq motivasiyasiga asoslangan.
  2. Guruhdagi hamkorlik:
  • fikr va faoliyatni rag`batlantiradi
  • mushohadaga chorlaydi
  • guruh ichida ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta’minlaydi.
  1. Shaxs yoki guruhning ehtiyojidan kelib chiqqan holda o`qituvchining
     qo`shajak hissasiga ajratilgan vaqt chegaralangan.
  1. O`qituvchi asosan o`qish jarayonini yengillashtiruvchi va ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta’minlovchi shaxs vazifasini o`taydi. Kamdan-kam hollarda o`qituvchi ma’lumot bilan ta’minlaydi.
Категория: Ta'lim tizimi | Просмотров: 83 | Добавил: polvonnazir96 | Теги: talim, Metod | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Yosh bo‘yicha cheklov Yosh bo‘yicha cheklov