15:05
«Yelpig'ich» texnologiyasi
«Yelpig'ich» texnologiyasi

Bu texnologiya murakkab, ko'ptarmoqli, mumkin qadar, muammo xarakteridagi mavzularni o'rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo'yicha biryo'la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
Bu interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o'z g'oyalari, fikrlarini yozma va og'zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
«Yelpig'ich» texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muxokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qantashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
«Yelpig'ich» texnologiyasi mavzuni o'rganishning turli bosqichlarida qo'llanilishi mumkin:
-boshida: o'z bilimlarini erkin faollashtirish;
-mavzuni o'rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish;
-yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish.
Bu texnologiya talabalarga tanqidiy, tahliliy va ainq mantiqiy fikrlashlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda oʼz gʼoyalari, fikrlarini yozma va ogʼzaki shaklda ixcham bayon etish, shuningdek, uni himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
Категория: Ta'lim tizimi | Просмотров: 184 | Добавил: polvonnazir96 | Теги: Yelpig'ich, talim, Metod | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Yosh bo‘yicha cheklov Yosh bo‘yicha cheklov