12:54 “Zinama-zina” texnologiyasi | |
Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg`ulot talaba (yoki o`quvchi) larni o`tilgan yoki o`tilishi kerak bo`lgan mavzu bo`yicha yakka va kichik jamoa bo`lib fikrlash hamda xotirlash, o`zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to`plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko`rinishida ifodalay olishga o`rgatadi. Bu texnologiya talaba (yoki o`quvchi) lar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o`tkaziladi va taqdimot qilinadi. Texnologiyaning maqsadi. Talab(yoki o`quvchi)larni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo`lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o`z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo`llay olishga o`rgatish. Texnologiyaning qo`llanishi: ma’ruza(imkoniyat va sharoit bo`lsa), seminar, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruhlarda o`tkazish hamda nazorat darslarida qo`llanilishi mumkin. Mashg`ulotda qo`llaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatlarda tayyorlangan (mavzuni ajratilgan kichik mavzuchalar soniga mos) chap tomoniga kichik mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomaster(yoki rangli qalam)lar. Mashg`ulotni o`tkazish tartibi:
| |
|
Всего комментариев: 0 | |